Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!
Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.
Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri