Qadrli yurtdoshlar, Vatanimiz posbonlari!Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida munosib xizmat qilib kelayotgan yigitlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan samimiy qutlayman. Yurtimizning tinchligi, sarhadlarimizning daxlsizligini ta’minlashda shubhasiz sizning ulkan hissangiz va mehnatingiz mujassam. Sizning mardonavor faoliyatingiz yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarimizni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida ko‘rsatayotgan jonbozligingiz tahsinga sazovor. Vatanni sevish, u uchun fidokorona xizmat qilish...Read More
Tabriklaymiz! Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari ayni vaqtda BAA boʻlib oʻtayotgan Zayed Sustainability Prize sovrindori boʻldi! BAA ushbu loyihani amalga oshirish uchun jami hisobda 150 ming AQSh dollari miqdorida pul mablagʻlarini taqdim etadi. Videoda Oʻzbekiston Prezidenti jamoamiz vakilini qutlamoqda. Taʼsirli va faxrlantiradigan daqiqalar🇺🇿❤️ @hilola_umarovaRead More
Ta’lim tizimimizning yutuqlari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi. Toshkent shahridagi Prezident maktabi Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global o‘rta maktablar” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Maktab o‘quvchilari Pahlavon Gʻulomov va Asilbek Ashrapov hamda ularning ustozi Sohibxon Azizovning yomg‘ir suvini ichishga yaroqli darajagacha qayta ishlash loyihasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Tanlovga 156 ta davlatdan jami 5980 ta ariza kelib tushgan edi. Bugun Abu-Dabida mukofotni o‘quvchilarga Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti...Read More