Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon” festivalida Agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.
Ozarbayjon Fan va ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu festival tabiiy, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg‘unlikda o‘qitish uslubiga bag‘ishlangan.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Niderlandiya, Chexiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Norvegiya, Slovakiya, Turkmaniston va boshqa mamlakatlardan iqtidorli o‘quvchilar qatnashmoqda.