Notice: Function _load_textdomain_just_in_time was called incorrectly. Translation loading for the goodlayers-core domain was triggered too early. This is usually an indicator for some code in the plugin or theme running too early. Translations should be loaded at the init action or later. Please see Debugging in WordPress for more information. (This message was added in version 6.7.0.) in /home/admin/web/nukuspm.uz/public_html/wp-includes/functions.php on line 6114
#ishchi_guruh#QashqadaryoAGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI – Nókis qalasındaǵı Prezident Mektebi
en

#ishchi_guruh#QashqadaryoAGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI

#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyayida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube