en

Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi

Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin