en

#hududlardan_xabarlar⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat

#hududlardan_xabarlar

⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida “My dream house” mavzusida loyiha ishlari musobaqasi o‘tkazildi

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “STEM +” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Munozara” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida “Geometrik shakllar bilan ishlash va ularni hisoblash” mavzusida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari kamondan o‘q otish mashg‘ulotlarida qatnashdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Konstitutsiya-kelajagim mash’ali” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Puzzles and coding day” musobaqasi o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Kutubxona ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida koinot jismlari yoʻnalishida amaliy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari qisqa metrajli film suratga oldi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Navoiyxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Mumtoz so‘z sehri” bellashuvi tashkil qilindi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida “Yashil makon” doirasida eko-aksiya tashkil etildi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Nukus shahridagi Chavandozlik maktabiga ekskursiya qildi.

⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos olim ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilindi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov stipendiyasi – 2024” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “16-Xalqaro turkiy she’riyat bayrami” anjumani ishtirokchilarini kutib oldi.

⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari Respublika bolalar kutubxonasiga sayohat qildi.

⏺️Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida o‘quv amaliyoti tashkil etildi.

⏺️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Yaponiyaning nufuzli universitetlari vakillari tashrif buyurdi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

⏺️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

⏺️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quv jamoasi hududdagi yangi baholash tizimiga o‘tgan umumta’lim maktablariga metodik ko‘mak berdi.

⏺️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

⏺️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari neft-gaz sanoati bilan amaliy tanishdi.

⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida “Ota-onalar bilan muloqot haftaligi” tashkil etildi.

⏺️Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan seminar-treningda bitiruvchi sinf oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlari, ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil maʼlumot oldi.

⏺️Qo‘rg‘ontepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi bilan onlayn muloqot oʻtkazildi.

⏺️Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi premyerasi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube