#xalqaro_konferensiya🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari

#xalqaro_konferensiya

🔔 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 4-5-aprel kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ijodiy pedagogika: ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

📝Unda professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil tadqiqotchilar, magistr va iqtidorli oʻquvchilar hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📶 Konferensiyada:
Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlash malakasini shakllantirish va
rivojlantirish usullari va strategiyalari;
Loyihaga asoslangan ta’lim: amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
Mezonlarga asoslangan baholash: maqsad va vazifalar;
Raqamli ta’lim muhitida XXI asr o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar boʻyicha tadqiqot natijalari, tajriba va g‘oyalar muhokama qilinadi.

Konferensiya oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi.

📥 Ta’lim sohasiga oid maqola, tezis, metodik tavsiyalar 2025-yilning 1-martiga qadar (z.ganiyeva@piima.uz e-mail pochtasi orqali) qabul qilinadi.

🗂Talabgorlar maqolalarini o‘zbek, qoraqalpoq va ingliz tillarida topshirishlari mumkin.

🔎Maqola topshirish boʻyicha YO’RIQNOMA

📞Qoʻshimcha ma’lumot uchun: 71-207-20-17 (ichki raqam 161).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube